BTS Express
Transport va logistika
BTS Express — 2009-yilda tashkil etilgan, O‘zbekistondagi birinchi ekspress pochta xizmati bo‘lib, hujjatlar va jo‘natmalarni “eshikdan eshikkacha” tamoyili asosida xavfsiz yetkazib berishni ta’minlaydi. Bugungi kunda BTS Express logistika bozoridagi yetakchi brendlardan biri bo‘lib, quyidagi loyihalarni o‘z ichiga olgan keng qamrovli ekotizim orqali samarali yechimlarni taqdim etadi:
✔️ BTS Global — xalqaro logistika yo‘nalishini qamrab oladi va 110 dan ortiq mamlakatlarga tez va ishonchli yuk yetkazib berishni ta’minlaydi.
“Xalqaro ekspress jo‘natmalar 23$ dan boshlab”
✔️ BTS Logistics — mamlakat ichida yirik va murakkab yuklarni tashish jarayonlarini samarali boshqaradi.
✔️ BTS Fulfillment — saqlash, hisobga olish va tovar zaxiralarini boshqarish bo‘yicha zamonaviy ombor va logistika yechimlarini taqdim etadi.
✔️ BTS Media — biznes uchun keng reklama imkoniyatlarini yaratadi va brendlar rivojiga hissa qo‘shadi.
✔️ March Logistics — asosan Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida, shuningdek butun dunyo bo‘ylab xalqaro logistika xizmatlarini ko‘rsatadi.
✔️ BTS Warehouse — xalqaro yuklarni saqlash uchun bojxona ombori.
✔️ BTS Space IT — biznes uchun innovatsion va tizimli IT yechimlarni taqdim etadi.
Telegram (https://t.me/ExpressBTS)
Website (https://bts.uz/ru/)|
Instagram https://www.instagram.com/btsexpress.uz)



