ITV

Texnologiya va aloqa

iTV — O'zbekistonning yetakchi mahalliy onlayn-kinoteatrlaridan biri hamda mamlakat media bozorini rivojlantirishda faol ishtirok etuvchi platformadir.

Platformaning oylik faol auditoriyasi 1 500 000 nafardan ortiq foydalanuvchini tashkil etadi.

iTV kontent kutubxonasi dunyoning turli tillaridagi 250 000 soatdan ortiq kontentni o'z ichiga oladi. Shundan 20 000 soatdan ortig'i o'zbek tilidagi kontent bo'lib, mahalliy ishlab chiqarilgan filmlar, professional dublyaj va AI-subtitrli materiallarni qamrab oladi.

Platforma o'zining asosiy loyihalarini izchil rivojlantirib bormoqda.

iTV Originals:

Film va seriallar ishlab chiqarish iTV'ning ustuvor yo'nalishlaridan biridir.

«Turnir» seriali platformaning eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biriga aylandi — rasmiy YouTube kanalida 18 milliondan ortiq ko'rishlar va iTV platformasida 750 000 dan ortiq tomosha yig'di.

«Aybsiz» seriali platformada 750 000 dan ortiq ko'rishlar, YouTube'dagi ilk qismlar esa 2 milliondan ortiq tomosha to'pladi.

Eksklyuziv loyihalar:

Eng yirik maxsus loyihalardan biri — iTV Media Football Cup, O'zbekiston tarixidagi birinchi professional media futbol turniri bo'ldi:

  • YouTube kanalida 2,5 milliondan ortiq ko'rishlar;
  • umumiy qamrov — 17 milliondan ortiq;
  • final uchrashuviga 3 000 dan ortiq tomoshabin tashrif buyurdi.

O'z TV kanallari:

iTV Cinema va iTV Music telekanallari oyiga 5 milliondan ortiq tomosha yig'adi.

iTV brendi JOLBORS, TAF!25 va «Yil brendi» mukofotlari bilan taqdirlangan hamda mamlakatning eng yirik brendlari bilan hamkorlik va kolaboratsiya loyihalarini amalga oshirib kelmoqda.

Erishilgan natijalar auditoriya bilan doimiy muloqot va ularning fikr-mulohazalarini inobatga olish orqali amalga oshirildi. Bu platformaga talab yuqori bo'lgan formatlarni rivojlantirish va muvaffaqiyatli tashabbuslarni kengaytirish imkonini bermoqda.

Ortga qaytish