Webster University
Fan, ta'lim, konsalting

Toshkent shahridagi Vebster universiteti bir asrdan ortiq tarixga ega bo'lgan, akkreditatsiyadan o'tgan Webster University (USA) ning rasmiy filial kampusi hisoblanadi. Toshkentdagi kampus AQShdagi kampuslar bilan bir xil akademik standartlar, o'quv dasturlari va sifat nazorati tizimi asosida faoliyat yuritadi. Bitiruvchilar xalqaro miqyosda tan olingan to'liq Amerika diplomiga ega bo'ladilar, bu esa ularga global mehnat bozorida keng imkoniyatlar yaratadi.
Universitet bakalavriat va magistratura bosqichlarida biznes, iqtisodiyot, mediashunoslik, xalqaro munosabatlar, axborot tizimlari va boshqaruv yo'nalishlarida ta'lim beradi. Ta'lim modeli strategik fikrlash, tahliliy ko'nikmalar va amaliy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, xalqaro mehnat bozori talablariga mos ravishda shakllantirilgan.
2026-yilda Toshkent shahridagi Vebster universiteti yangi Strategic Communication ta'lim dasturini ishga tushirmoqda. Ushbu dastur marketing va strategik kommunikatsiyalarning biznes, brendlar va iqtisodiyot rivojidagi roli tobora ortib borayotganiga javoban yaratilgan. Dastur kuchli brendlar yaratish, reputatsiyani boshqarish, kompleks kommunikatsiya strategiyalarini ishlab chiqish va raqamli transformatsiya sharoitida samarali faoliyat yuritish qobiliyatiga ega mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan.
Toshkent shahridagi Vebster universiteti O'zbekistonda professional marketing hamjamiyatini rivojlantirishda faol ishtirok etib kelmoqda. Universitet 2022 va 2023-yillarda Brand of the Year mukofotiga, shuningdek, International Brand Awards 2024 bilan taqdirlangan bo'lib, bu uning brend sifatidagi barqarorligi va bozordagi ta'sirini tasdiqlaydi.
Marketing assotsiatsiyasi bilan hamkorlik doirasida universitet soha tashabbuslarini qo'llab-quvvatlaydi, yetakchi amaliyotchilar ishtirokida mehmon ma'ruzalarini tashkil etadi hamda talabalarni biznes hamjamiyati bilan bog'lovchi amaliy loyihalarni amalga oshiradi. Shunday tashabbuslardan biri - Marketing League, bu talabalar va soha vakillarini real biznes-keýslar ustida birlashtiruvchi amaliy ta'lim platformasidir.
Mazkur hamkorlik marketing sohasida professional standartlarni oshirish, xalqaro tajribani mahalliy bozorga integratsiya qilish va marketing hamda strategik kommunikatsiyalar yo'nalishida yangi avlod mutaxassislarini tayyorlashga xizmat qiladi.
Batafsil ma'lumot: webster.uz
Telegram: @websteruz
Aloqa: +998 55 503 00 66



