ISHONCH
HoReCa, chakana, ulgurji va onlayn savdo

ISHONCH - muddatli to‘lovga maishiy texnika, elektronika, uy jihozlari, tilla taqinchoqlar, avtovarlar kabi ko‘plab mahsulotlarni xarid qilish imkoniyatini taqdim etuvchi O'zbekistondagi eng yirik savdo do'konlar tarmog'i. Tarmoqning ilk do‘koni 2010-yilda Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi. Hozirda respublika bo‘ylab 160 dan ortiq do‘kon aholiga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Do‘konlarda 10 000 xildan ortiq mahsulot turlari taqdim etilgan bo‘lib, ularni qulay xarid qilish sharoitlari yaratilgan – byudjet tashkilotlarining xodimlari va pensionerlarga xaridni rasmiylashtirish uchun pasportning o‘zi yetarli. Shu bilan birga, xaridorlar mahsulotlarni bepul yetkazib berish va o‘rnatish, hamda foydalanishni o‘rgatish xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.



