UzCarlsberg

Oziq-ovqat, ichimliklar

UzCarlsberg — O'zbekistonda xalqaro brendlar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yagona zavod hisoblanadi. Kompaniya o'z sohasida yetakchilardan biri bo'lib, ilg'or xorijiy tajribani qo'llash uchun keng imkoniyatlar yaratadi.

Bugungi kunda UzCarlsberg:

  • O'zbekistonda o'z sohasida yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo'yicha yetakchi;
  • Tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli uchta brend muallifi;
  • O'z sohasida innovator;
  • Mamlakatda tashrif uchun ochiq bo'lgan yagona zavod;
  • Maxsus uskunalar bo'yicha noyob texnik jamoaga ega ish beruvchi.

Faoliyati davomida UzCarlsberg Yevropa ishlab chiqarish an'analariga sodiq qolib, O'zbekiston bozorini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqmoqda. Kompaniyada xomashyo yetkazib berishdan tortib tayyor mahsulotni iste'molchiga yetkazishgacha bo'lgan barcha bosqichlarda 100 dan ortiq mezon va parametrlar asosida sifat nazorati amalga oshiriladi.

Asosiy maqsad — O'zbekiston bozorini rivojlantirishni davom ettirish, assortimentni kengaytirish va o'z segmentida yetakchilikni saqlab qolish.

Ortga qaytish