Otabek Sharapov
CEO 605 Agency va Marketing bo’limi
Marketingdagi karyerasi 2014-yilda startap-loyiha bo‘lgan “Technomart” kompaniyasidan boshlandi. Otabek yillar davomida ushbu startapni rivojlantirish ustida ishlab katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Masalan, “Biz qaynoq sovuqni yaratamiz” kampaniyasi shuhrat qozondi. Shuningdek, “Technomart” ikki marta “Brand of the Year” va “Client of the Year” mukofotlariga sazovor bo‘lgan.
2021-yilda u o‘zining “605 Agency” agentligiga asos soldi. 2023-yil oxiriga qadar bu agentlik marketing bilan bog‘liq barcha xizmatlarni, jumladan SMMdan tortib PRgacha taqdim etgan.
Shu davr mobaynida “605 Agency” frotterizmga qarshi kurashish bo‘yicha kampaniyani ishlab chiqdi va shu loyiha uchun “Tashkent Advertising Festival” platina mukofotiga erishdi.
2024-yilda agentlik marketing yo‘nalishlarini qisqartirdi va faqat kuchli yo‘nalishlariga e’tiborni jamladi. Endi PR, kreativ yechimlar, brend-strategiya va brending faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bo‘ldi. 2024-yilda “605 Agency” Otabek Sharapov rahbarligi ostida yanada ko‘proq muvaffaqiyatga erishdi va ko‘plab muvaffaqiyatli kampaniyalarni amalga oshirdi. Masalan, PDP ekotizimi uchun videoroolik, “Onangiz boraqolsin” kampaniyasi, “Texnomart”ning rad etib bo‘lmas takliflari kabi loyihalar yaratildi. Bu ishlarda agentlik O‘zbekistonning yirik brendlari: Tecno (xitoy brendi), Texnomart, Akfa Build, Goodwell, Oqtepa Lavash, Pure Milky, Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi, Payme, NRG, Namuna Development, EPA, Cheers, PDP, Najot Ta’lim, Ermak va boshqalar bilan hamkorlik qildi.
2024- va 2025-yillarda “605 Agency” TAF! hay’ati tomonidan O‘zbekistonning eng yaxshi reklama agentligi deb e’tirof etilgan.
Otabek O‘zbekiston marketing uyushmasining Milliy marketing qo‘mitasi raisidir.



